Kitob buyuk alloma Sayyid Sharif Razaviy tarafidan yozilgan (Alloh u kishidan rozi bo`lsin!) bo`lib ham tarixiy manba va ham hikmatlar hazinasi sifatida qimmatlidir. Kitob bilan tanishgan kitobxonlar hazrat amiral-mo`minin Ali(a.s)ning naqadar ilm va aql sohibi ekanligiga va shuningdek zulmlar ostida kun kechirgan buyuk shaxs va sarkarda ekanligiga tan bermay iloji yo`q. Kitob insonga to`g`ri yashash yo`lini, ta`lim va tarbiya, Xudoni tanish, dunyoning yaratilishi va uning hikmati, qiyomat va savol-javob, payg`ambarlik va uning falsafasi, dushmanlar bilan muomala, davlatni boshqarish va siyosat, asirlar bilan muomala va jang qoidalari va ... xullas hayotning turli sohalarini o`z ichiga olgan bebaho hazinadir. Axir Alloh bekordan bekorga hazrat Alini Rasululloh (S.A.O.V)ga o`rinbosar va ummatga Imom qilib tayinlamaydi-ku. Shuning uchun hazrat Ali haqida to`g`ri hukm chiqarishda xatoga yo`l qo`ymaslik uchun ul zotni
yaxshi tanimaganlar yoki u zotga dushmanligi bor har bir insonga , ayniqsa ul zotning tarafdori hisoblanmish shialarga “Nahjul balog`a”ni o`qib chiqish zaruriy bir ishdir.
Nahjul balog`a kitobi uch qismdan iborat bo`lib birinchi qismi hazrat Alining xutbalaridan, ikkinchi qismi – hazrat Alining yozgan maktublaridan va uchinchi qism esa imom Ali aytgan hikmatli so`zlardan iboratdir. Bu kitob o`zining chuqur ma`nosi va jozibasi jihatidan Qur`oni Karim va Hadisi nabaviyadan keyin uchinchi o`rinda turadi. Tadqiqodchilar (musulmon va musulmon bo`lmaganlari ham) kitobning kamyob va nodir ilmiy asar sifatida Nahjul balog`ani ilmiy meros deb e`tirof etadilar. Bu kitobning bunchalik shuhratga loyiq bo`lishining (hazrat oyatulloh Makorim Sheroziyning fikricha) quyidagi sabablarini sanab o`tishimiz mumkin:
1. Zulm va adolatsizliklarni ko`rgan sitamdiyda xalq
haqida qaygu`rish Nahjul balog`aning turli sahifalarida aks etgandir;
2. Insonlarni hurriyat va ozodlikka da`vat etish,
haqiqiy Ega qarshisidagina qul bo`lish kerakligi haqida uqtirishlar
kitobdan joy olgan;
3. Allohni tanituvchi purhikmat xutbalar tashna dillarni rom etib, Xoliq tarafga chorlaydi;
4. Zamon talab qiluvchi mavzularda davr talabiga mos suhbatlar ketur.
Dunyo va jahonning go’zal tabiati, Allohning yaratgan nematlaridan bo’lib inson bu dunyo qo’ynida o’sib unadi va unga nisbatan mehru muhabbatli bo’ladi. Chunki u ham ana shu tabiatning bir ajralmas qismidir. O’z navbatida dunyo ham Allohning azamat va qudratidan nishon beruvchi uning yagonaligini ko’rsatuvchi omil hisoblanadi. Osmonu-zamin, baland tog’lar va keng yaylovlar, dengizu-daryo va o’simlik – bulutlar xullas hamma narsa Allohning qudratidan so’zlaydi. Qur’oni Karimda bunday deyiladi:
Alloh senga ato etgan narsa bilan oxiratni istagin va dunyodan bo'lgan nasibangni ham unutmagin. Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham (odamlarga) ehson qil! Yerda buzg'unchilik qilishni istama. Chunki, Alloh buzg'unchilarni suymas", - dedilar.[1]
Qur’oni Karimda go’zallikdan va Alloh bergan boshqa nematlaridan foydalanish kerakligi aytiladi:
Ey, Odam avlodi! Har bir masjid (namoz) oldidan ziynatlaringiz (kiyimlaringiz)ni (kiyib) olingiz! Shuningdek, yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmangizlar! Zero, U isrof qiluvchilarni sevmaydi.
Ayting: "Bandalari uchun chiqargan Allohning ziynatini va pok rizqlarni kim haromga chiqardi?" Ayting: "U (ziynat va pok rizqlar) bu dunyoda imon keltirganlar (va boshqalar) uchun, qiyomat kunida esa, xolis (mo'minlarning o'zlari uchun bo'lur)". Shunday qilib, oyatlarni biladigan qavmlarga mufassal bayon qilurmiz[2].
Shunday ekan dunyo nematlari bizlar uchun yaratilgandir va bizlar uchun azizdir. Rohiblar kabi dunyoni tark qilish yaramaydi, uning nematlarini inkor qilmay to’gri foydalanishimiz lozimdir.
ÞÇáó ÑóÓæá Çááå(Õ) : Çöäøó Çóæøóáó ãÇíóäÍóáõ ÇóÍóÏõßóã æóáóÏåõ ÇáÇÓöãõ ÇáÍóÓóä
Hazrat rasululloh (S.A.O.V) bunday deb marhamat qilgan edilar: Ota-onaning farzandiga nisbatan qiladigan birinchi inoyati – bu unga yaxshi ism qo’yishidir. (Kofi; 6-jild; “Vasoilu shia; 15-jild; 115-bet”)
Nom qo’yish va turli atamalar bilan atash insonlaring hayotida azaldan bo’lgan va muhim rol o’ynaydi. Balki ba’zi jonzotlarning otlari ularning tabiatdagi ovozlari bilan bog’liq bo’lgandir. Masalan, qurbaqa, chigirtka va boshqa otlar ularning sayrashidan kelib chiqqan.
Qadimgi zamonlardan beri odamlarning otlari ularning tug’ilgan payti, tabiiy sharoiti, turli xudolarning oti bilan atalgan. Keyinroq odamlar o’zlarining qabiladoshlarining buyuk namoyandalarining otlarini ham ism qilish urf-odatga aylandi.
Masalan bizning millatimizda Yulduz, Oftob, Gulbahor, Mehri,Gulnoz , Temir, Toshpo’lat, Mahkam, Yo’lchi kabi ism qo’yish keng tarqalgan edi. Har bir millatning o’ziga xos xususiyatiga asosan ism qo’yilgan.
Ahmad bin Heysam imom Rizo (A.S) ga quyidagi savol bilan murojaat qildi: Nima uchun arablar bolalariga Kalb (it), Fahd (echki), Namr (pantera) deb ot qo’yishgan? Imom Rizo (A.S) bunday dedilar: Qadimdan arablar jangchi bo’lishgan va jangarilik sifatlarini yuqori baholashgan, shuning uchun farzandlari bunday sifatlarga ega bo’lsin deb niyat qilgan holda shunaqa ismlarni tanlashgan. Insonning ismi uning xulq atvoriga tasir qiluvchi kuchga ega. Masalan, yaxshi ism egasini shu nomga mos bo’lishni taqozo etadi va odam shunga intiladi. Aksincha tahqir qiluvchi yomon otlar esa odamni manfiy tarafga yetaklagandek bo’ladi.
ÞÇá Úáí (Ú) : æó ÍóÞøõ ÇáæóáöÏö Çóä íõÍÓöäó ÇöÓãöåõ æ íõÍÓöäó ÇóÏóÈóåõ æ íõÚóáöøãóåõ ÇáÞõÑÇäó
Hazrat Ali (A.S) bunday degan edi: Farzandning otadagi haqi bu unga yaxshi ism qo’yish, yaxshi tarbiyalash va Qur’on o’rgatishdir. Islom dinida yaxshi ism qoy’yishga katta e’tibor beriladi. Hujurot surasida laqab to’qishni yomon ish deb qoralangan va yomon ot qo’yish axloqiy tanazzul deb qaraladi.
Hazrat rasululloh (S.A.O.V) o’z davrlarida odamlarning johiliyat davridagi ismlarini o’zgartirgan edilar. Masalan, Umar (ikkinchi xalifa)ning bir qizining oti “Osiyya” edi. Buning ma’nosi “gunohkor” demakdir. Hazrat bu ismni Jamila deb (ya’ni Go’zal degani) deb o’zgartirdilar.
Payg’ambarimizdan yana bunday hadis borki, unga ko’ra kimda kim to’rt farzandi bo’la turib birontasining otini payg’ambarimizning ismlarini qo’ymagan bo’lsa ul zotga zulm qilgan bo’ladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak farzandlarimizga o’xshasin deb yaxshi niyat bilan ism qo’yishga arzigulik odamlar bor. Masalan payg’ambarimiz, imomlarimiz (o’n ikki imomning go’zal ism va laqablari bo’lgan), Qur’onda maqtalgan shaxsiyatlar hamma payg’ambarlar, hazrat Maryam, hazrat Osiya)shuningdek hazrat Xadicha va hazrat Fotimauz Zahro va boshqa ko’p ismlar. Allohning go’zal ism va sifatlari ham farzandlarimizga munosib chiroyli ismlardir (Abdu qo’shib aytilsa bo’ladi, masalan Abdurahmon, Abdurahim va boshqalar).
Bolalar azaldan qiziquvchan mavjudot dir, shuning uchun u so’zsiz o’z ismining ma’nosono bilishni istaydi. U atrofidagilardan masalan o’qituvchilardan yoki ota-onasining o’zidan o’z ismining ma’nosini so’raydi. Agar ulardan javob olmasa lug’at kitoblariga murojaat qilib bo’lsa ham shuni bilishga harakat qiladi.
Rostdan ham hech o’ylab ko’rganmisiz ismi Chingiz, Temur, Iskandar kabi ismli bolalar tarix darsini o’qishganida va bu ism egalarining ko’rsatgan “ karomati” bilan tanishgach qay ahvolga tushadilar. Agar darsda o’qituvchi temurning yoki Chingizxonning qilgan zulmu-sitamlaridan so’z ochadigan bo’lsa sinfdagi o’quvchilar hammasi shu ismga ega bo’lgan bolaga qarab kulishadi. Shunday holatda haligi bolaning ahvolini tasavvur qilib ko’ring-chi. U o’zining ota- onasiga qanday munosabatda bo’larkin? Ota-onasining unga yaxshi ism qo’ymaganligidan ko’ngli o’ksimasmikan?
Afsuski, bugungi kunga kelib ism qo’yishda kam uchraydigan ismlarni topishga harakat qilinadi. Birinchi o’rinda uning ma’nosiga emas, o’ziga xos ism bo’lishiga intilish bo’lyaptiki, qaytanga noyob ismlar ustidan odamlar ma’nosi nima ekan deb qiziqishadi. Ba’zi ota-onalar farzandiga ism tanlaganda o’rtoqlari orasida ajralib tursin deb va shu bilan g’ururlansin deya kamyob ko’pchilik eshitmagan ism qo’yadilar. Lekin mana shu bugungi kunda kam hisoblangan ism ma’lum bir muddatdan keyin ko’payib ketishini o’ylamaydilar. Natijada na yaxshi ma’noli ism qoygan bo’ladilar van a kamyob nom topgan bo’ladilar. Bugunda ko’p uchraydigan xatolardan yana biri – bu farzand tug’ilishidan oldin emas, balki tug’ilganidan keyin bu haqda bosh qotirishga tushishadi. Ana shu shoshma-shosharlik orqasida ba’zida nomunosib ismlar qo’yilsa ajab emas.
Islom dinida farzandga ism tanlab qo’yishni hali bola ona qornidaligidayoq amalgam oshirmoq lozimdir. O’g’il bolaga va qiz bolaga mos chiroyli ismni atab qo’yish kerakki, bola tug’ilganida o’z ismiga ega bo’lib tug’iladi. Hazrat Ali (A.S) bu haqda quyidagi hadisni naql qilgan edilar: Farzandlaringizga ona qornidaligi chogidayoq ism qo’yinglar. Chunki Qiyomat kunida tushib qolgan bolalar ismsiz qayta tiriladilar va buning uchun o’z ota-onalaridan haqlarini talab qiladilar. “Fiqhur Rizo” da aytilishicha, agar farzandingizga to tugilgunigacha ism tanlamagan bo’lsangiz, bu ishni bola to yeti kunlik bo’lgunicha amalgam oshiring.
Hazrat paygambarimiz (S.A.O.V) chiroyli va manoli ism qo’yishga katta etibor bergan edilar. Ul zot nevaralariga Hasan va Husayn deb ism qo’ydilar, hattoki hazrat Fotima (A.S) ning hali dunyoga kelmay tushib qolgan farzandlariga Muhsin deb ism qoygan edilar. O’tkazilgan so’rovlardan ma’lum bo’lishicha ko’pgina ota-onalar o’z farzandlariga qo’ygan ismlarining ma’nosini o’zlari ham bilmaydilar. Bu esa juda achinarli holder, ismlarning jarangli va quloqqa yoqimliligiga e’tibor beriladiyu, ammo uning ma’nosiga etibor berilmaydi.
Imom Muhammad Boqir (A.S) bunday degan edilar: Haqiqiy ismlar Allohning bandaligiga ishora qilinadigan ismlardir. Masalan Abdulloh, Abdurahmon … eng go’zal ismlar payg’ambarlarning ismlaridir.
Payg’ambarimiz (S.A.O.V) aytganlaridek yaxshi ism qo’yish farzandning otasidagi haqi hisoblanadi.
Ul zot o’gil bolalarga quyidagi ismlarni tavsiya qilar edilar: Abdulloh va Abdurahmon eng yaxshi ismlardandir. Shuningdek Habib, Mo’min, Amin, Jamil, Sa’d, Mas’ud, Sobir, Siddiq, Mahdi, Hodi, Murtazo, Iyso, Mujtabo, Sodiq, Muso, Said, Muslim, Dovud, Tohir, Tayyib, Solih, Fazlulloh, Jalol, Lamol, Rizo, Rozi, Taqiy, Javod, Hoshim, Mustafo va boshqalar.
Qiz bolalar uchun esa Fotima, Maryam, Susan, Zuhra, Zakiya, Zahro, Azro, Rayhona, Siddiqa, Tayyiba, Omina, Tohira, Xadija, Roziya, Raziyya, Marziya, Ma’suma, Muboraka, Jamila, Halima, Hamida, Narjis, Muhaddisa, Sora, Mansura, Maliha, Farida, Vajiha, Otika, Oliya, Safiyya, Havro, Zaynab, Ismat, , Iffat, Izzat, Kubro, Rahima, Noima, Shahribonu, Kulsum … kabi ismlar yaxshi ismlar jumlasidandir.
Imomlar ism tanlash yo’li bilan ham diniy qadriyatlarni saqlab qolishga harakat qilishgan edi.
Yazid (davrning zolim xalifasi) imom Sajjodga qarab- NIma uchun otang hamma farzandlarining ismini Ali deb qo’ygan?-deganda imom” Agar otamning yuzta farzandi ham bo’lganda hammasining ismini Ali deb qo’ygan bo’lar edi”- deb javob berdi. Usha paytda ummaviylar Ali ismini butkul yo’q qilib tashlashmoqchi bo’lishgan edi, imomlar esa bu harakatga qarshi ish ko’rib farzandlariga
Ali ismini qo’yishgan edi. Yana bir aytib o’tishimiz kerak masala shuki, ba’zida ismlarni chala va noqis aytib chaqirish hollari uchrab turadi. Masalan Ibrohimni Ibo, Fathullahni Pati, Ubaydullohni Ubay, Husniddinni Husi, Fotimani Foti va boshqalar.
" Albatta bu narsa dinda qattiq qoralanadi, har bir ismni (ayniqsa buyuk odamlarning ismlarini) buzmasdan to’gri talaffuz etmoq lozim. So’zimizning nihoyasida aytmoqchimizki odamlarning ismlari ularning ota-onalarining naqadar ilmu-ma’rifat bilan oshno ekanligini ko’rsatuvchi omildir."
Muhtaram Saytimiz mehmoni va barcha ushbu mavzuni o'qiganlar,Siz ushbu mavzuga qanday nisbatingiz yoki fikru-mulohazangiz bor?Bizga http://www.Aloqa.Hidoyat.Org Orqali yo'llang!
WWW.HIDOYAT.ORG- Islomiy Axborot va Ma'lumotlar Markazida tayyorlangan!
Agar siz erkak kishi bo’lsangiz, ayollar haqida qanday fikrdasiz? Mabodo ayol bo’lsangiz shu paytgacha o’zingizning ayollik xilqatingiz haqida fikr yuritganmisiz? Sizning nazaringizda ayol va erkaklarning orasida qanday farq bor? Ayollar qanday o’ziga xos xususiyatlarga egadirlarki ba’zi hunarlar faqat ularning qo’lidan keladi? Umuman ayol kishi qanday mavjudot hisoblanadi? Shu kabi yuzlab savollarga javob topish uchun sizlarning e’tiboringizga buyuk donishmand olim oyatulloh Javodiy- Omuliyning “Ayol jalol va lamol oyinasida” nomli kitobidan saylanmani havola etmoqchimiz.
Shu narsani aytib o’tmoq lozimdirki, ayollarga tegishli masalalarni ikki guruhga bo’lishimiz mumkin. Birinchi qism- Ayollarning ayol bo’lganliklariga tegishli bo’lgan masalalar bo’lib ular hamma zamon uchun o’zgarishsiz saqlanib qoladi. Masalan, hijobning farz ekanligi, yuzlab shunga o’xshagan ibodiy va ibodiy bo’lmagan masalalarki faqat ayollarga tegishli va hamisha ham aytib o’tganimizdek o’zgarmasdir.
Ikkinchi guruh- tarbiyat va muhitga bog’liq bo’lgan masalalardir. Agar ayol kishi to’gri tarbiyalangan bo’lsa tafakkuri va tadbir qilishi jihatidan maslahatlashishga arziydi. Bu o’rinda ayol va maslahatlashayotgan erkakning nzarlari turlicha bo’lishi mumkin. Lekin xuddi shunday tafovut erkaklar orasida ham ro’y beradi. Ya’ni bu o’rinda ayol va erkak kishi orasida hech qanday tafovut yo’qdir. Donishgoh va diniy madrasalarda ta’lim tarbiya topgan ayollar shunday ilmiy muassasalarda ilm olgan erkaklarnikidan farq qilmaydi. Har ikkilalari ham ilm fan rivojlantirishga diniy da’vat qilish ishlarida faoliyat ko’rsatishlari va bu yo’lda ulkan yutuqlarga erishishlari mumkin. Shunday ekan qanday qilib ba’zi naql qilingan hadislarga tayanib keng o’lchamda qaramasdan tor fikrlagan holda olib ayollarni aqli noqis yoki kam aql deb aytishimiz mumkin?!
Hazrat Ali (a.s) dan naql qilingan mana bu hadisga diqqat qiling:
Ey nomard erkak, nima uchun bolalarcha orzularni qilib parda orqasida yashiringan kalta fahm ayol kabi fikr yuritasan? Yoki boshqa bir hadisda aytilishicha, Ayollar bilan maslahatlashmanglar zero ularning aqllari noqis irodalari esa zaifdir.
Bu hadislarda aytilgan ayollar so’zi mutlaqo ayollar jinsiga tegishli deb ayta olamizmi? Tarixdan ma’lumki, ayollarning ko’pchiligi ilmu fandan mahrum bo’lishgan va aqlu tafakkurlari ham shunga yarasha bo’lgan edi. Shuning uchun ular haqiga kamsitishlar bo’lgan edi. Lekin shunga qaramay tarixdan ma’lumki ba’zi ayollar tafakkurda o’zlarining erlariga nisbatan o’tkirroq bo’lishgan. Shuning uchun Islom dini nozil bo’lgan dastlabki kunlarda erlaridan ko’ra avvalroq bu dinning mohiyatini yaxshiroq tushunganlari uchun uni qabul qilib iymon keltirgan edilar. Masalan, Valid bin Mug’ayraning qizi Safvon bin Umayyaning ayoli o’z eriga nisbatan oldinroq iymon keltirgan edi. Yoki Horis bin Hishomning qizi ummu Hakim eri Ikrima bin Abi Jahl ga nisbatan oldinroq Islom dinini qabul qilgan edi.
Shunday
qilib xulosa qiladigan bo’lsak o’tmoshda ayollar haqida noloyiq so’zlar
aytilgan bo’lsa, bu ayollarning usha paytdagi shart-sharoitlaridan kelib
chiqib aytilgan edi. Lekin bu hatto usha sharoitlarda ham aqlu xushi bnilan
tanilgan oqila ayollar bo’lgan. Shuning uchun hamma ayollarni faqat ayol
bo’lganligi uchun kam aql deb tariflash insofdan emas. Ayniqsa bugungi kunga
kelib ilm olayotgan ma’rifatli ayollar ko’plab topiladi. Ular o’zlarining
aqlu tafakkurlari bilan ba’zi erkakalardan ham o’zib ketishgan .
WWW.HIDOYAT.ORG - Islomiy Axborot va Ma'lumotlar Markazida tayyorlangan!
Imom Sodiq (a.s) bunday degan edilar: Men to’rt narsadan qo’rqa turib to’rt kalimadan madad olmaydigan odamlarga juda hayrondirman. Biri- qo’rqinch unga g’alaba qilganida
ÍÓÈäÇ Çááå æ äÚã Çáæ˜یá
“Hasbunallohi va ni’mal vakil” demaydigan odamga hayronman. Zero Alloh Taolo mana shu kalimani aytgan odamlar to’g’risida “Ularning qalbidagi shaytonlar solgan qo’rquv va vasvasa yuqoridagi zikrni aytganlari uchun yo’q bo’lgan va ular Alloh yo’lida qo’rqmasdan jihodga otlanganlar”–degan.
O’zlarining qalblari g’am-g’ussaga to’lgan bo’la turib
« áÇ Çáå ÇáÇ ÇäÊ ÓÈÍÇä˜ Çäøی ˜äÊ ãä ÇáÙÇáãیä »
“ La ilaha illa anta, inni kuntu minaz zolimin” demaydigan odamlarga hayronman. Axir Alloh taolo yuqoridagi zikr ketidan necha martalab quyidagicha aytganini eshitganman. “Yunus (a.s) yuqoridagi zikrni aytganligi tufayli gam-g’ussadan najot topgan edi. Batahqiq bu zikrni aytgan musulmonlarni Alloh g’am –g’ussadan ozod qiladi”.
Makru hiylaga aldangan odamlarga hayronmanki, qanday qilib
« ÇõÝæÖ ÇãÑی Çáی Çááå Çä Çááå ÈÕیÑ ÈÇáÚÈÇÏ »
“Afuzu amri ilallohi inna Alloha Basiru bil ibod” zikrini tark qilishadi. Axir Xudovand mazkur zikrning ketidan quyidagicha aytganini necha martalab shohidi bo’lganman:
Muso (a.s) ushbu zikrni aytib, Fir’avn va uning lashkarlari sharru-makridan qutilgan edi.
Dunyoni va uning zeb-ziynatini istagan odamlarga hayronmanki
« ãÇ ÔÇÁÇááå áÇ ÞæÉ ÇáÇ ÈÇááå »
“Ma sha Allohu la quvvata illa billah” deyishni tark qilishgan. Zero Xudovand shu zikrdan keyin mana bunday deganini necha martalab eshitganman:Bir kambag’al odam badavlat odamga qara: Sen menga molu-dunyosi menikidan kam, deb qaraganing uchun oxiratda Alloh menga senikidan ko’proq sarvat va bog’ berishiga umidvorman.
Islom dinida qirq soni bilan bog’liq rivoyatlar ko’plab topiladi. Masalan qirq hadisni yodlash, qirq kun duoi Ahd o’qish, qirq yoshga to’lganda aqlning komil bo’lishi, qirq mo’min uchun duo qilish, qirq mo’minning mayyitga shahodat berishligi, chorshanba kuniga o’tar kechalarining qirqtasida imom Mahdi (ÚÌ) bilan ko’rishish uchun qilinadigan ibodat, aksar anbiyolarning qirq yoshda payg’ambarlikka yetganliklari kabi masalalar qirq sonining o’ziga xos o’rin tutganligiga dalolat qiladi. Sayyidu shuhado imom Husayn (alayhi salom) ning “Arbain”i ya’ni qirqi munosabati bilan bu haqda suhbat yuritishni lozim topdik.
Hazrat imom Husayn (alayhi salom) zamonlarida Muoviya xalifalik qilayotganida ul zotning yaqin sahoblari zolim xalifaga qarshi kurashishni imomga tavsiya qilganlar. Shunda imom Husayn (alayhi salom) ulaga bunday javob bergn edilar: Bobom hazrat rasululloh (sollolohu alayhi va olohi vassalam) davrlarida ul zot Qurayshliklarga qarshi kurashmadilar. Lekin ul zotning maxfiyona ibodat qiladigan haqiqiy yoronlarining soni qirqtaga yetganida esa ochiqdan ochiq dinga da’vat qilishni va bu yo’lda kurashishni boshlab yuborgan edilar. Men ham haqiqiy sahobalarimning soni qirqtaga yetishini ko’zlamoqdaman.
Hazrat Ali (alayhi salom) o’zinng mazlumligi va g’aribligi ustidan shikoyat qilib bunday degan edi: Men musulmonlrdan necha martalab yordam berishlarini so’rab mujrojaat qilgan edim. Lekin to’rt nafardan boshqa hech kim mening chaqirig’imga javob bermadi. Bu to’rt kishi – Zubayr, Salmon, Abu Zar va Miqdodlar edi.
Keyin esa bunday deb qo’shib qo’ydi:
Agar men bay’at kunida qirqta vafoli sahobaga ega bo’lganimda edi, albatta ular bilan birga zulmga qarshi kurashib haqqimni talqab qilgan bo’lar edim.
Hazrat rasuli akram (sollolohu alayhi va olohi vassalam) o’zlarining nuroniy hadislarida bunday degan edilar: Bir xonadonning to’rt tarafidagi qirqta xonadon qo’shni hisoblanadi (yani oldi – orqa taraf, o’ng va chap taraflardan qirqta uy). Ularga nisbatan qo’shnichilik haqini o’tamoq lozim.
Bu hadisdan ko’rinib turibdiki, hazrat islom ummatining birdamligi va yakdilligi haqida, islomiy birodarchilikni mahkamlantirish yo’lida qayg’urar edilar. Darhaqiqat, agar mana shu hadisga amal qilinganda edi, (oldingi davrda bunga ko’p e’tibor berilar edi) har qanday jamiyat ham tinchlik va xotirjamlikda yashagan bo’lgan bo’lar edi.
Ba’zi musulmonlar diniy msalalarga yngiltaklik bilan qaraydilar va Alloh Taoloning qahrini keltiradilar. Lekin Xuovand to ular o’zlarini va oilalarini isloh qilib olsinlar deb ularga qirq kun muhlat beradi. Payg’ambarimizdan (sollolohu alayhi va olohi vassalam) naql qilingan hadis: biror kishi oilasida Xudoga yoqmaydigan ish qilsa yoki oila azolari yomon ish qilishsayu u ularga indamasa to qirq kungacha uyining ostonasiga kata oq qush kelibunga qarab”o’zingni va oilangni isloh qilib ol” deb qayta –qayta takrorlab turadi. Bu hol qirq kun davomida davom etadi. Agar haligi odam bu muddat ichida tavba qilmasa, yoki yaqinlarini isloh qilishga urinmaydigan bo’lsa, haligi qush uning kozini choqiydi natijada usha odam yaxshi narsalarning yaxshiligini va yomon narsalarning yomonligini ko’ra olmaydigan bo’lib qoladi. Albatta bu hadisdagi hadis majoziy ma’noda aytilgandir lekin haqiqat bu dirki, Alloh taolo u uchun qirq kun muhlat berib qo’yadi.
Hazrat payg’ambarimiz (sollolohu alayhi va olohi vassalam) shunday degan edilar:O’g’il bolalaringizni yettinchi kuni xatna qildiringlar, shunda xatna qilinmagan avratdan siydik tushishidan saqlagan bo’lasizlar. Chunki xatna qilinmagan avratdan chiqqan siydikning najosati to qirq kungacha pok bo’lmaydi.
Imom Sodiq (alayhi salom) bunday degan edi: hazrat Dovud (alayhi salom) kechalarning birida Zaburni tilovat qilib o’tirar edi va bundan ma’naviy lazzat olar edi. U usha kechani bedorlik bilan o’tkazib bu kechani yaxshi o’tkazdim deb hisoblar edi. Shunda harsang tosh ostidan bir qurbaqa chiqib Allohning qudrati bilan tilga kiradi: Ey Dovud! Sen kechani bedor o’tkazdim deb xursand bo’lyapsanmi? Holbuki men qirq yildan beri mana shu tosh tagida yashab tinmay Allohning zikrini qilib kelyapman.
Hazrat Ali (alayhi salom) payg’ambarimizning fazilatlari hqidagi uzun hadislarida jumladan bunday degan edi:
Kunlardan bir kun yahudiylardan biri payg’ambarimiz huzurlariga kirib turli savollar bilan u zotga murojaat qildi. Olgan mantiqiy javoblari natijasida Islom dinini qabul qilib musulmon bo’ldi. Shundan keyin u qo’ynidan bir lavhni chiqarib bunday dedi: Seni haq payg’ambar qilib yuborgan Allohga qasam ichib aytamanki, mana bu lavhada hazrat Muso (alayhi salom)nozil bo’lgan Tavrotdan bir parcha yozilgan bo’lib, unda sening isming zikr qilingan. Men mana shu ismni qirq yildan beri o’chirib tashlashga urinaman. Lekin harchand harakat qilmay sening ismingni aslo o’chira olmadim.
Payg’ambarimiz (sollolohu alayhi va olohi vassalam) Abu Zarga qilgan tavsiyalarida mo’minlarning dunyodagi yuksak mavqelari haqida gapirdilar. Ul zot jumladan bunday degan edilar: Yo Abu Zar! Agar mo’min dunyodan o’tadigan bo’lsa Yer qirq kun yig’layb aza tutadi. Balki bugungi kunda musulmonlarning qirq kun azadorlik qilishlariga aynan ana shu hadis sabab bo’lgandir.
Qirq yoshli umr
Farzdaq nomli shoir davr xalifasi Hishom bin Abdul Malik huzurida imom Sajjodni madh qilib qasida o’qiganida bunday degan edi:
åÐÇ ÇáÐی ÊÚÑÝ ÇáÈØÍà æØÇÊå
æÇáÈیÊþیÚÑÝå æÇáÍá æÇáÍÑã
Ya’ni bu odamni(imom Sajjodni) Batho (makonning nomi), Baytul haram va uning atrofi ham taniydi. Bu madhdan jahli chiqqan xalifa Farzdaqdan oylik maoshidan mahrum qildi, shuningdek uni Ahli baytni (payg’ambarimizning avlodlarini ) yaxshi ko’rgani uchun zindonband qilishni ham buyurdi. Aamo ko’p o’tmay imom Sajjod (alayhi salom)ning duolari bilan ozodlikka chiqdi. Imom unga qirq yilga yetgulik mablag’ni jo’natdilar va shunday dedilar: Yo Farzdaq, agar sening qirq yildan ko’p umr ko’rishingni bilganimda edi, senga ko’proq pul jo’natgan bo’lar edim. Ali bin Yunus Bayoziy aytishicha usha kundan keyin roppa- posa qirq yil o’tgach Farzdaq dunyoni tark qildi. Bu voqeaning guvohi bo’lgan odamlar imomning karomat sohibi ekanligiga yana bir karra ishonch hosil qildilar.
Rivoyatlarda naql qilinishicha, aksari anbiyolar qirq yoshda payg’ambar bo’lishgan ekan. Jumladan bizning payg’ambarimiz hm qirq yoshdalik ekanligida payg’ambar bo’lgan edilar.
Hazrat rasuli akram (sollolohu alayhi va olohi vassalam) bunday degan edilar:
ãä ÍÝÙ ãä ÇãÊی ÇÑÈÚیä ÍÏیËÇ ããÇ یÍÊÇÌæä Çáیå ãä ÇãÑ Ïیäåã ÈÚËå Çááå یæã ÇáÞیÇãÉ ÝÞیåÇ ÚÇáãÇ
Ummatimdan kimki jamiyat ehtiyoji bo’lgan hadislarimdan qirqtasini yodlasa, qiyomat kunida Alloh Taolo uni olim va faqih qilib tiriltiradi.
Ana shu hadis asosida ham ulamolar qirq hadisni yodlash va tarqatish masalasiga alohida etibor bergan edilar. Jumladan Shayx Bahoiy “Alarbain”, Alloma Majlisiy “Arbain” imom Xumayniy “Qirq hadis” kabi kitoblarni yozib qoldirishgan.
Odamning qilgan gunohi uning ruhi va vujudiga o’z tasirini qirq kungacha saqlaydi. Imom Sodiq (alayhi salom) aytganidek
«áÇ ÊÞÈá ÕáÇÉ ÔÇÑÈ ÇáÎãÑ ÇÑÈÚیä یæãÇ ÇáÇ Çä یÊæÈ
Yani Sharob ichgan odamning o’qigan namozi qirq kungacha qabul bo’lmaydi, faqat tavba qilganidan keyingina qabul bo’ladi.
Odamlar agar abadiy saodatga va kamolga erishmoqchi bo’lsalar asosan qirq yoshgacha o’zlarini isloph qilishlari kerak. Chunki bu yoshdan o’tgandan keyin o’zlarini to’g’rilashlari ancha qiyin kechadi. Payg’ambarimiz (sollolohu alayhi va olohi vassalam) quyidagi hadisni aytgan edilar:
: «ÇÐÇ ÈáÛ ÇáÑÌá ÇÑÈÚیä ÓäÉ æáã یÛáÈ ÎیÑå ÔÑå ÞÈá ÇáÔیØÇä Èیä Úیäیå æÞÇá: åÐÇ æÌå áÇیÝáÍ;
Odam qirq yoshga to’lganida va bu paytda qilgan savob ishlari gunohlaridan ko’proq bo’lmaydigan bo’lsa, shayton kelib uning peshonasini o’pib qo’yadi va shunday deydi: Bu hech qachon abadiy baxt-saodatga erisha olmaydi.
Yana boshqa bir hadisda aytilishicha, “Qirq yoshga yetgan odam o’z amallari ustida bosh qotirmaydigan bo’lsa, o’zining joyini do’zaxda ko’zlayversin”.
Hazrat imom Zaynolubiddin (imom Sajjod) (alayhi salom) bunday degan edi:
«ÇÐÇ ÈáÛ ÇáÑÌá ÇÑÈÚیä ÓäÉ äÇÏی ãäÇÏ ãä ÇáÓãà ÏäÇ ÇáÑÍیá ÝÇÚÏ ÒÇÏÇ æáÞÏ ßÇä ÝیãÇ ãÖی ÇÐÇ ÇÊÊ Úáی ÇáÑÌá ÇÑÈÚæä ÓäÉ ÍÇÓÈ äÝÓå;
Qachon odam qirq yoshga yetadigan bo’lsa, osmondan farishtalar nido qilib aytadi: Safaring oxirlab qoldi, harakatingni qilib qolgin! O’tmishda odamlar qirq yoshga yetganlarida o’z nafslari bilan hisob –kitob qilishar edi.
Yana payg’ambarimizdan mana bunday hadis naql qilingan. Unda aytilishicha, qirqqa to’lgan odamga qarata farishtalar har kechasi bunday deyishadi:
یÇ ÇÈäà ÇáÇÑÈÚیä ãÇÐÇ ÇÚÏÏÊã ááÞà ÑÈß
Ya’ni Ey qirq yoshga to’lgan banda! Rabbing bilan muloqot qilish uchun nimalar tayyorlab qo’yding?
Payg’ambarimiz (sollolohu alayhi va olohi vassalam) aytgan edilarki, Kimda kim qirq kungacha go’sht yeyishni tark qiladigan bo’lsa, axloqi yomonlashadi.
Imom Sodiq (alayhi salom) dan naql qilinadi:
«ÇÐÇ ãÇÊ ÇáãÄãä ÝÍÖÑ ÌäÇÒÊå ÇÑÈÚæä ÑÌáÇ ãä ÇáãÄãäیä æÞÇáæÇ: Çááåã ÇäÇ áÇäÚáã ãäå ÇáÇ ÎیÑÇ æÇäÊ ÇÚáã Èå ãäÇ¡ ÞÇá Çááå ÊÈÇÑß æÊÚÇáی: ÞÏ ÇÌÒÊ ÔåÇÏÇÊßã æÛÝÑÊ áå ãÇ ÚáãÊ ããÇ áÇ ÊÚáãæä;
Mo’min odam o’lganida uning janoza namozida qirq mo’min qatnashib Xudoyo! Biz bu bandangdan faqat yaxshilikdan boshqa narsa ko’rmaganmiz, yana Sen o’zing bilguvchiroqsan-deb guvohlik berishsa, Alloh “Men ham uning yaxshiligiga guvohlik beraman va uning (boshqalar bilmagan) gunohlaridan kechdim ”-deydi.
Shuningdek imom Sodiq (alayhi salom) bunday degan edi: Bani Isroilda bir obid odam bo’lib u hamisha duo qilish va ibodat qilish bilan mashg’ul edi. Hazrat Dovud (alayhi salom) vahiy nozil bo’lib, unda bu odamning riyokor ekanligi va ibodatida ixlos yo’qligi aytiladi. Usha odam vafot etganida hazrat Dovud (alayhi salom) uning janoza namozida va dafn qilinishida qatnashmadi. Lekin bani Isroildan qirq nafar mo’min uning janozasida qatnashib uning yaxshi odam bo’lganligiga guvohlik berishdi va Allohdan uni rahmat qilishini , gunohlaridan kechishni so’rab duo qilishdi. Uni g’usl qilayotganda ham qirq nafar mo’min uning yaxshi odam bo’lganligiga guvohlik berishdi, uni dafn qilganda yana boshqa qirq nafar kelib uning ibodatli solih banda bo’lganligiga guvohlik berishdi. Shundan keyin hazrat Dovudga yana vahiy tushib unda “Berilgan guvohliklar va qilingan duolar natijasida u odamning hamma gunohlaridan kechdim”- deyilgan edi.
Imom Sodiq (alayhi salom) duoning ijobat bo’lish omillaridan biri- bu boshqa mo’minlarning haqqiga duo qilishdir degan edi:
«ãä ÞÏã ÇÑÈÚیä ãä ÇáãÄãäیä Ëã ÏÚÇ ÇÓÊÌیÈ áå
Kimda kim duo qilayotganida avvalo qirq nafar musulmonlarni o’zidan oldin duo qiladigan bo’lsa keyin o’zining hojatini Xudodan so’rasa, albatta duosi ijobat bo’lib hojati ravo bo’ladi.
Hazrat imom Boqir (alayhi salom) musulmonlarning birbirlariga bo’lgan haqlari haqida gapirib musulmon odamning janozasida qatnashishni ta’kidladilar.
ãä Íãá ÌäÇÒÉ ãä ÇÑÈÚ ÌæÇäÈåÇ ÛÝÑÇááå áå ÇÑÈÚیä ßÈیÑÉ
“Janozaning to’rt tarafidan ko’targan musulmonning qirqta gunohi kabirasini Alloh Taolo kechiradi”
Inson hayotining kamolotga yetish yo’l;idagi muhim bosqichlardan biri- bu uning yashagan umrining miqdoridir. Alloh Taolo qirq yoshni insonning kamolotga yetish cho’qqisi deb aytadi.
«... ÍÊی ÇÐÇ ÈáÛ ÇÔÏå æÈáÛ ÇÑÈÚیä ÓäÉ ÞÇá ÑÈ ÇæÒÚäی Çä ÇÔßÑ äÚãÊß ÇáÊی ÇäÚãÊ Úáی æÚáی æÇáÏی æÇä ÇÚãá ÕÇáÍÇ ÊÑÖیå æÇÕáÍ áی Ýی ÐÑیÊی Çäی ÊÈÊ Çáیß æÇäی ãä ÇáãÓáãیäþ»
Bas, qachonki, u voyaga yetib, qirq yoshga to'lganida:
"Ey, Rabbim, menga va otaonamga in'om etgan ne'matingga shukr qilishga va
O'zing rozi bo'ladigan solih amalni qilishga meni muvaffaq etgin va men uchun
zurriyotimni isloh et! Albatta, men Senga (gunohlarimdan) tavba qildim va
albatta, men musulmonlardandirman", - deydi.
(Ahqof surasi; 15-oyat);
Imom Rizo (alayhi salom) payg’ambarimiz(sollolohu alayhi va olohi vassalam)dan naql qilib aytadi:
ãÇ ÇÎáÕ ÚÈÏ ááå ÚÒæÌá ÇÑÈÚیä ÕÈÇÍÇ ÇáÇ ÌÑÊ یäÇÈیÚ ÇáÍßãÉ ãä ÞáÈå Úáی áÓÇäå
Alloh uchun qirq kun ixlos qilgan bandaning qalbidagi hikmati tilida joriy bo’ladi (hukmat sohibiga aylanadi).
Hazrat Mahdi zuhur qilgan zamonlarida ul zotning vafodor tarafdorlarining kuchi juda ortib ketadiki, har bir yoronlarining qudrati qirq kishining kuchiga teng bo’ladi.
Imom Sajjod (alayhi salom) bu borada quyidagi hadisni naql qilgan edi:
«ÇÐÇ ÞÇã ÞÇÆãäÇ ÇÐåÈ Çááå ÚÒæÌá Úä ÔیÚÊäÇ ÇáÚÇåÉ æÌÚá ÞáæÈåã ßÒÈÑ ÇáÍÏیÏ æÌÚá ÞæÉ ÇáÑÌá ãäåã ÞæÉ ÇÑÈÚیä ÑÌáÇ
Qachonki imom Mahdi zuhur qilsa (hukumatga kelsa), shialarning orasidan ofat, balo va sustlikni Alloh Taolo bartaraf etadi. Ularning qalblarini temirdek mustahkam qilib qo’yadi va jismlarini ham shunday quvvatli qiladiki, ularning har birisining kuchi qirq kishining kuchiga teng bo’lib qoladi.
WWW.HIDOYAT.ORG -Islomiy Axborot va Ma'lumotlar Markazida tayyorlangan!
[1]Qasos surasi; 77-oyat;
[2]A’rof surasi; 31-32-oyatlar;