Imom Mahdi (ÚÌ)haqida Nahjul balog’adagi bashoratlar

Hazrat Ali Alayhis salom aytadi:

وَ قَد طَلَعَ طَالِعٌ، وَ لَمَعَ لاَمِعٌ، وَ لاَحَ لاَئِحٌ، وَ اعتَدَلَ مَائِلٌ، وَ استَبدَلَ اللَّهُ بِقَومٍ قَوماً، وَ بِیَومٍ ‏یَوماً، وَ انتَظَرْنَا الْغِیَرَ إنْتِظَارَ الْمُجدِبِ الْمَطَرَ. وَ إِنَّمَا الأَئِمَّةُ قَوَّامُ اللَّهِ عَلى خَلْقِهِ، وَ عُرَفَاؤُهُ ‏عَلى عِبَادِهِ. . . . (1)þ

Yorishuvchi yorishdi , yarqirovchi shu’la yorqin nurlarini sochdi, oshkor bo’ladigan oshkor bo’ldi, adashgan haq yo’lga qaytdi, Alloh ba’zi guruhlarni boshqa birlari bilan almashtirdi, shunday qilib kunlarni o’z taqdiri bilan o’tkazdi.

Alloh Taolo shunday qilib qo’ydiki, hamisha  odamlarni haq yo’lga boshlovchi  imomlar bo’lmay iloji yo’q. jannatga boruvchi har bir banda ularni tanimay iloji yo’q. Shuningdek do’zaxga boradiganlar ularni inkor qilganlardir.

Islomda zamona imomini tanish vazifasi qo’yilgan bo’lib, uni ilmiy saviyasi, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy  siyratini tanish va uning rahbarligiga  e’tiqod qilishdir.

Tabiiyki, jannatga kirishga shart qilingan narsa bu qalbaki imomni tanish emas, balki haqiqiy Alloh tayin qilgan imomni tanishdir. Zero o’zini ummat rahbari deb e’lon qilgan qalbaki “imomlar” ham bo’lishgan. Masalan, Muoviya, Marvon, Abdulmalik kabi xalifalar o’z umrlarini Ahli bayt Alayhis salom ni o’ldirish, mo’minlarga jabru-sitam qilish, zindonlarni begunoh odamlar bilan to’ldirish kabi ishlar o’tkazishgan edi. Islom hukumatining xoin rahbarlari va ularning gumashtalarini tanish jannat ga kirishning sharti desak, hech bir oqil odam bu gapni qabul qilmaydi. Boshqa tarafdan esa imomni tanish deganimizda uning tug’ilgan sanasi, ota-onasining ismi tug’ilgan makoninigina  nazarda tutmaymiz, balki balki tanishdan asl maqsad imomlarning ilmiy darajasi, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy siyratlarini tanish shundan keyin ularning imomati (rahbarligini) etirof etib e’tiqod qilishdir. Mana shu ma’rifatni jannatga kirish sharti va bu ma’rifatga ega bo’lmaslik esa do’zaxga kirishning sababi deyilgan .

ÅöäøóãóÇ ÇáÃóÆãøóÉõ ÞóæøóÇãõ Çááøóåö Úóáì ÎóáúÞöåö¡ æó ÚõÑóÝÇÄõåõ Úáì ÚöÈÇÏöå

Jumlasining ma’nosi budirki, imomlar Allohning odamlar orasidagi nazoratchilaridir, bandalarning oriflaridir. Bu jumla dalolat qiladiki, har bir zamon uchun imom bordir. Shialarning o’n iiki imomidan boshqasini bu sigfatga javob beruvchi rahbarlari yo’qdir. (Boshqa mazhablarning o’zlarining qilgan e’tiroflariga ko’ra). Shunday qilib bizning zamonamiz ham imomdsan xoli emasligini tushunishimiz mumkindirki, ul zot o’n ikkinchi imom hazrat imom Mahdi (ÚÌ)dan o’zga odam emas.

Ha, imom Mahdi hozirda mavjud bo’lib boshqa imomlar kabi musulmonlar ishlari ustidan nazorat olib boradi. Muhaqqiq Tusiy (qudsu sirruhu) aytganidek:

æÌæÏå áØÝ¡ æ ÊÕÑÝå áØÝ ÂÎÑ¡ æ ÚÏãå ãäøǺ

Ya’ni imom Mahdi ning vujudi lutfdir, ishlarimizga qiladigan daxolati yana bir lutfdir, ishlarimizni o’zimizga tashlab qo’ygani esa bizning yomonligimiz tufaylidir.


[1] Nahjul Balog’a; 152-xutba;

[2] Allomaning “Sharhu tajrid” va Qushchining “sharhu tajrid”iga murojaat qilishingiz mumkin.